Parijdagi namoyishda 70 ga yaqin odam hibsga olindi
Parijda sanitariya ruxsatnomalariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Parisie gazetasi, politsiya manbasiga tayanib.
"Sariq jiletlar"ning chaqirig‘i bilan uyushtirilgan namoyish keng ko‘lamli tartibsizliklarga aylandi. 70 ga yaqin kishi hibsga olindi, huquq muhofazachilari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va vodomyot ishlatishga majbur bo‘lishdi.
Hozirda aksiya tugashiga qaramay, politsiya Qirollik saroyi - namoyish yo‘lining oxirgi nuqtasida qolmoqda.
Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kecha, 11 sentyabr kuni butun mamlakat bo‘ylab sanitariya ruxsatnomalariga qarshi norozilik namoyishlarida 120 mingdan ortiq kishi qatnashgan. Parijda 19 ming kishi ko‘chaga chiqdi, deb yozadi gazeta.
Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarida sanitariya ruxsatnomasiga qarshi namoyishlar ketma-ket to‘qqizinchi shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
9 avgustdan boshlab Fransiyada sanitariya yo‘llanmasi kafe, restoran, yirik savdo markazlariga tashrif buyurish, shuningdek, havo orqali va poyezdlarda yurish uchun majburiy qilib belgilandi. Hujjat COVID-19 ga qarshi emlashning to‘liq o‘tilgani, koronavirus infeksiyasiga salbiy test yoki kasallik o‘tganini tasdiqlashni o‘z ichiga oladi.