Parij markazida kuchli portlash va yong‘in oqibatida qariyb 40 kishi jarohat olgan
- 22.06.2023 10:52
- 62
- Xorij
Hodisa Fransiya poytaxtining beshinchi okrugi, Lyuksemburg bog‘lari va Panteondan uncha uzoq bo‘lmagan Sen-Jak ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, vayronalar ostida odamlar qolgan.
Yong‘in sabablari sifatida Parij prokuraturasi xavfsizlik qoidalarining buzilishi va “shaxslarning beparvoligi” ko‘rsatilmoqda. Oldinroq gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan degan taxmin ham ilgari surilgan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron portlashda jarohatlangan parijliklarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.