Paxtachilik o‘qituvchi "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi

30 yildan beri tumandagi 21-maktabda rus tili va adabiyoti fanidan o‘quvchilarga dars berib kelaman, - deydi u. - O‘zim ham shu maktabda 10 yil ta’lim olganman.

< class=’video-wrapper’>

Keyin Samarqand davlat unversitetiga o‘qishga kirdim. Oliy o‘quv yuritini tamomlab, o‘zim tug‘ilib o‘sgan tumanga qaytdim va shu maktabga ishga kirdim. Kasbimni sevaman va o‘quvchilarga ta’lim berish jiddiy masala ekanligini yurakdan his qilaman. O‘quvchilarim doim fan olimpiadalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Shunga yarasha oylik maoshimga qo‘shimcha ustamalar olaman.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan viloyatning bayram tadbirida mukofot Olga Stepanovaga tantanali topshirildi.

Bugun shunday quvonchli kun, kasb bayramimiz arafasida mehnatim munosib baholanib, “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandim. Bundan judayam xursandman, - deydi Olga Stepanova. - O‘qituvchilikdan topayotgan daromadim yildan yilga oshib boryapti. Bugun olgan mukofotim menga ulkan mas’uliyat yukladi. Barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan qutlayman.