Plastik kartadan bemor bola uchun yig‘ilgan pullar o‘g‘irlandi
2019 yil 19 iyul kuni Navoiy shahrida Gulbog‘ ko‘chasida yashovchi 48 yoshli J.P. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu yil 3 iyuldan 4 iyulga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning 12 yoshli qizi G.A.ning sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam kerakligi to‘g‘risida “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi “Bemor bolajon” kanaliga bergan e’loni bilan tanishib +99890-362-- telefon raqamidan J.P.ga qo‘ng‘iroq qilib, qizining sog‘lig‘ini tiklash uchun o‘z hisobidan pul mablag‘larini hayriya qilmoqchiligini aytib aldov yo‘li bilan ishonchiga kirganini va undan plastik kartasi maxfiy kodini olib kartasidan 6 090 300 so‘m pulini yechib olganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, IIV fuqarolardan xayriya qilish maqsadida yoki turli internet saytlari orqali arzon narxdagi mahsulotlarni sotib olishni aytib, bank hisob raqamingiz, plastik kartochkangizning raqamlarni so‘ragan shaxslarga hisob raqamlaringiz va plastik kartochkangizning maxfiy kodlarini taqdim qilmaslikni so‘ragan.