So‘m bir kunda qariyb 0,4 foizga mustahkamlandi. Bu kunlik sessiyalar bo‘yicha rekord
- 24.12.2021 17:52
- 64
- Iqtisodiyot
Kecha valyuta birjasida 640 million dollardan ortiq qiymatdagi bitimlar o‘tgan. Bu erkin konvertatsiya yo‘lga qo‘yilgandan keyin o‘tgan sessiyalardagi mutlaqo yangi rekord, deb yozadi @the_bakiroo.
Kechagi sessiya vaqtida o‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan 41,33 so‘mga mustahkamlangan. Bitta sessiya davomida milliy valyutaning mustahkamlanishi ko‘rsatkichi bo‘yicha ham bu yangi rekord.
Katta ehtimol birjadagi koll-auksionlarga juda katta miqdorda valyuta sotish taklifi chiqarilgan. Bu balki Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, balki Moliya vazirligi yoki qaysidir boshqa davlat fondi bo‘lishi mumkin.
E’tiborlisi, o‘zbek so‘mining mustahkamlanishi bugun ham, ertalabki savdolarda yana davom etgan.
Teglar:
pul
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda zamonaviy IT-park qurilishi boshlandi
- 1 soat avval
- Ta’lim
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- Bugun, 17:18
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- Bugun, 17:02
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- Bugun, 16:38
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- Bugun, 16:30
- Dolzarb