500 ming AQSh dollarining mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqilishi oldi olindi
Vatanimiz sarhadlari barchamiz uchun aziz va muqaddas. Uni ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan Vatan posbonlari - chegarachilarimiz yurtimiz tinchligi yo‘lida tinim bilmay xizmat faoliyatini olib bormoqda.
Bugungi sinovli kunlarda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan xalqimiz turmush sharoitini yaxshilash, ayniqsa, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolarimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Biroq guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, deganlaridek, ayrim shaxslar tomonidan o‘z manfaati yo‘lida turli noqonuniy harakatlarni amalga oshirish holatlari sodir etilmoqda.
Andijon viloyatining Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududida xizmat vazifasini sergaklik bilan olib borayotgan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumani chegara oldi hududi orqali qo‘shni mamlakatga 500.000 AQSh dollarini noqonuniy ravishda olib o‘tayotganlar qo‘lga olinib, ma’muriy tartibda tegishli idora vakillariga topshirildi.