Dollarning hukmronligi tugaydimi?

Dollar o‘tgan asrning o‘rtalaridan beri dunyoda hukmronlik qilmoqda va shuncha vaqtdan buyon uning tez va muqarrar "sinishi" bashorat qilinadi. Yevropa valyutasi - yevro paydo bo‘lgan 2008 yilda AQShda boshlangan global moliyaviy inqirozdan keyin ham Amerika valyutasi "avf etilgan" edi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng dunyoning zaxira va hisob-kitob valyutasi - dollarning tugashi haqidagi gap-so‘zlar yangi kuch bilan avj oldi.

O‘tgan o‘n yil ichida nima o‘zgardi va bu safar bashoratlarga ishonsa bo‘ladimi?

Uchta fakt dollarga qarshilikni rag‘batlantiradi. Birinchidan, AQShning asosiy raqibi Xitoy iqtisodiy hajmi bo‘yicha Yevropa Ittifoqini ortda qoldirdi va AQShga yetib oldi.

Ikkinchidan, ichki nizolar va proteksionizm AQShning o‘ta ishonchli qarz oluvchi hamda oxirgi chora sifatida qarz beruvchi obro‘siga putur yetkazdi. Bunga yaqinda AQSh tarixidagi birinchi defolt tahdidi yorqin misoldir. Uchinchidan, amerikaliklar AQSh yoki uning ittifoqchilariga tahdid soluvchi davlatlarni jazolash uchun samolyot tashuvchi va dron o‘rniga dollardan tobora ko‘proq foydalanmoqda.

Ammo hozircha ushbu uchta dalil ham dollar "so‘lishi"ga asos bo‘la olmaydi.

Amerika defoltdan qochib, dunyodagi asosiy va ishonchli qarzdor obro‘si hatto o‘z fuqarolaridan ham muhimroq ekanini yaqinda yana bir bor isbotladi. Oq uy muxolifat bilan murosa qilish uchun byudjet xarajatlarini qisqartirishga rozi bo‘ldi.

Ukrainadagi urush uchun Rossiyaga nisbatan misli ko‘rilmagan moliyaviy sanksiyalarga kelsak, ular nafaqat AQSh, balki Yevropa, Buyuk Britaniya va Yaponiya tomonidan ham kiritilgan. Dollardan zaxira valyutasi sifatida qochish esa yevro va iyena ulushining ortishi (o‘tgan yili 5 foiz)ga olib keldi.

Demak, yangi zaxira valyuta kerak. G‘arbdan tashqari yagona haqiqiy da’vogar esa, bu Xitoy. Ammo yuan global zaxiralarning atigi 3 foizini tashkil qiladi va dollarga munosib muqobil bo‘lish uchun unga ancha yil kerak.

Dollar mashhurligini yo‘qotyaptimi?

Dollarni dunyodagi asosiy valyutaga aylantiradigan ikkita muhim funksiya mavjud. Birinchidan, dollar zaxira valyuta hisoblanadi. Unda qo‘shimcha pul saqlashadi. Ikkinchidan, dollar hisob-kitob valyutasidir. Unda nafaqat amerikaliklar, balki butun dunyo tovar va xizmatlar uchun savdo qiladi.

Xitoy, Rossiya, Braziliya, Hindiston va boshqa rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning rupiy va yuan bilan savdo qilishga faol urinishlariga qaramay, hisob-kitob valyutasi sifatida dollarning pozitsiyasi mustahkam.

Ba’zilarning aytishicha, Rossiyaga qarshi misli ko‘rilmagan moliyaviy sanksiyalar tufayli 2022 yilda vaziyat ancha keskinlashgan. Ayrim mutaxassislar “Dollar kutilgandan tez sur’atda zaxiraviy valyuta o‘rnini yo‘qotmoqda. 2022 yilga kelib bu pasayish sur’ati 10 baravarga oshgan”, desa, "Dollarda hech qanday chekinish yo‘q. Bundan tashqari, 2022 yilda boshqa hech qanday zaxira valyutaga dollar kabi talab bo‘lmagan", deyishmoqda.

Xalqaro hisob-kitoblar banki ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi o‘ttiz yil ichida dollarning ulushi 80-90 foizga o‘zgargan. Ayni paytda u yo‘qotmayapti, aksincha mashhurligi oshyapti: 2010 yilda dollar barcha xalqaro hisob-kitoblarning 85 foizi, 2022 yilda esa 88 foizini tashkil etgan.

Nega hamma dollarda savdo qiladi?

AQShning yirik tijoriy transmilliy korporatsiyasi Morgan Stanley va Xalqaro valyuta bozori katta mutaxassisi Morgan Stiven ta’kidlashicha, vaqt o‘tishi bilan hisob-kitob valyutasi sifatida dollar o‘z o‘rnini yo‘qotadi. Biroq, bu yaqin kelajak ro‘y bermaydi, chunki dunyoda Amerika moliya bozoriga muqobillik yo‘q – hech kim unga hajm, chuqurlik, barqarorlik yoki ochiqligi bo‘yicha bas kelolmaydi. Buning yorqin misoli - dunyoning asosiy tovari bo‘lgan neft.

Hindiston Rossiya xomashyosi uchun rupiyda, Xitoy esa Saudiya uchun yuanda to‘lashi mumkin. Ammo neft bozorining asosiy valyutasi hali ham dollar bo‘lib qolmoqda.

Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida faqat Xitoy dunyoning moliyaviy markazi sifatida Qo‘shma Shtatlarga qarshi chiqishga qodir. Ammo buning uchun u tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha moliyaviy shartnomalar uchun o‘zining chuqur, ochiq va likvid bozorini yaratishi kerak.

Shanxayga neftning jismoniy partiyalari bilan birja savdosini bir marta o‘tkazishning o‘zi yetarli emas - moliyaviy vositalar Nyu-Yorkda sotilayotgan ekan, dollarga hech narsa tahdid solmaydi.

Dunyoning yetakchi neft eksportchisi Saudiya Arabistoni butun neftni yuanga jahonning eng yirik neft xaridori bo‘lgan Xitoyga sotishga rozi bo‘lsa ham, Shanxay energetika birjasining ulushi bor-yo‘g‘i 2 foizga oshib, jahon neft bozorining 7 foizini tashkil etadi.

AQSh dollar pasayishidan qo‘rqadimi?

Dollar zaxira valyuta sifatida funt o‘rnini egallaganini eslash kifoya, deydi AQShning sobiq moliya vaziri Larri Sammers:

"Tarix aniq javob beradi: dollar zaxira valyutasi maqomini yo‘qotishi mumkin, ammo bu sodir bo‘lganda, yanada jiddiy muammolar paydo bo‘ladi. Chunki dollar o‘z maqomini yo‘qotsa, bu faqat valyuta kursining pasayishi, Qo‘shma Shtatlarning dunyodagi nufuzi va ta’siri yo‘qotishi, barqaror bo‘lmagan qarzga botishimiz natijasidagina bo‘ladi", dedi u yaqinda, Amerikani defolt bilan tahdid qilgan texnogen qarz chegarasi inqirozi paytida. Agar AQSh yangi xatolar qilishda davom etsa va o‘tmishni tahlil qilishni to‘xtatsa, dunyo dollardan faol ravishda chetlab o‘tadigan vaqt kelishi muqarrar. Ko‘pgina davlatlar allaqachon o‘z kuchi bilan bo‘lmasa-da, undan voz kechishga harakat qilmoqda".

 Dollarga muqobil valyuta bormi?

Tarixchi Fergyuson xuddi o‘sha, imzosi dollar qog‘ozlarida bitilgan sobiq AQSh moliya vaziri Larri Sammersning uchar iborasini eslatadi: "biror narsani hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi".

Zaxiralarni saqlash uchun G‘arb valyutalariga yagona muqobil yuan bo‘lishi mumkin, ammo buning uchun Xitoy ko‘p narsani o‘zgartirishi kerak. Islohot va oshkoralik, shuningdek, jamg‘armalarni rag‘batlantirishni cheklash va kapital harakati nazoratini bekor qilish talab etiladi. Likvidlik katta muammosi – Xitoy o‘z moliyaviy bozorlariga xorijiy sarmoyalar, kapital eksportni cheklaydi. Agar bu cheklovlar bekor qilinsa, xususiy kapital Xitoydan mulk huquqi yaxshiroq himoyalangan yurisdiksiyalarni izlaydi. Yuan zaiflashadi - va xayr kapital o‘sish.

Biroq yuan asta-sekin kapital harakati jiddiy liberallashtirilmagan holda zaxira valyutasiga aylanishi mumkin, deb tan olishadi iqtisodchilar.

Xitoy o‘z valyutasida savdo hisob-kitoblarini faol ravishda rag‘batlantirmoqda va shu yo‘l bilan savdo hamkorlari markaziy banklarida yuan asta-sekin yig‘ilmoqda, deya ta’kidlaydi amerikalik va yevropalik iqtisodchilar.

"Xitoyning o‘z valyutalarini xalqarolashtirishga bo‘lgan yondashuvi yuanning hukmronligiga olib kelmaydi, aksincha, dollar, yevro va yuan birga yashaydigan ko‘p qutbli valyuta dunyosi vujudga keladi. Lekin bunga hali uzoq.

Tarixchi Fergyuson dollar, yevro va yuan o‘rtasidagi hukmronlik poygasini “toshbaqa poygasi” deb ataydi. Uning eslashicha, birinchi o‘rindan funt-sterlingdan dollarga o‘tish juda sekin-asta bo‘lgan va funt yapon iyenasidan keyin to‘rtinchi o‘rinda bo‘lsa-da, hozircha rezerv valyuta hisoblanadi. Bu sur’atda yuan taxminan yigirma yil ichida, ya’ni 2043 yilga borib dollar va yevrodan keyin dunyodagi uchinchi zaxira valyutasiga aylanishi mumkin.

Dollarga "allergiyasi" bo‘lmagan, Amerikaning rivojlangan demokratik davlatlar ittifoqchilariga jahon iqtisodiyotining deyarli yarmi va AQShning o‘ziga 20 foizi to‘g‘ri kelishi hisobga olinsa, dollar yaqin kelajakda dominant jahon valyutasi bo‘lib qoladi, deya ishontirishmoqda tahlilchilar.

Internet xabarlari asosida G.Xoldorova tayyorladi.