Moliyaviy urush dollarga qarshi ishlaydimi? Financial Times bu ehtimolni baholadi
Dollarni qurolga aylantirish AQSh valyutasiga putur yetkazishi va xalqaro moliya tizimini parchalashi mumkin, deb yozadi Financial Times.
“AQSh va uning ittifoqchilari dollarni ochiqdan-ochiq qurolga aylantirish orqali AQSh valyutasiga putur yetkazishi va xalqaro moliya tizimini raqobatdosh bloklarga bo‘lib yuboruvchi javob zarbasini qo‘zg‘ash xavfini tug‘diradi. Binobarin bu barcha tomonlar uchun vaziyatni og‘irlashtirishi mumkin”, deyiladi maqolada.
Maqola mualliflari Rossiya Ukraina ziddiyati fonida Moskvaga qarshi sanksiyalar Xitoy, Braziliya, Janubiy Afrika va Meksika tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagani ta’kidlanadi.
24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga qo‘shin olib kirdi. Bunga javoban G‘arb davlatlari Moskvaga qarshi, birinchi navbatda, bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha keng ko‘lamli sanksiyalarni joriy qildi. Alohida brendlar mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatishlarini e’lon qilishdi.
Kreml bu choralarni misli ko‘rilmagan «iqtisodiy urush» deb atadi. shundan so‘ng, rus matbuotida dollarning qulashi haqda maqolalar paydo bo‘ldi. G‘arb matbuoti orasida esa ilk marta Financial Times dollarning halokati ehtimolini baholadi.
Ammo ta’kidlanishicha, “O‘tmishda dollarning «o‘limi» ko‘p marta bashorat qilingan, ammo AQSh valyutasi o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishda davom etgan.
Ammo agar keyingi yillarda dollar kursidan barqaror chekinishi kuzatilsa, u holda Rossiya Markaziy bankiga qarshi sanksiyalar opponentga bosim o‘tkazishning dadil, yangi usuli emas, balki dollar hukmronligining "moliyaviy Suvaysh kanali" kabi tushishi bo‘ladi.