Dollar va yevro tengligi: iste’molchini nimalar kutmoqda?
Oxirgi 20 yilda ilk bor o‘rnatilgan yevro va dollar pariteti (tengligi) Yevro hududi hukumatlari va iste’molchilarda xavotir uyg‘otmoqda.
Zero, Yevropa va Amerika valyutalarining teng qiymati import qilinadigan bir qator asosiy tovarlar narxining oshishini bildiradi. Aksariyat tahlilchilar Yevropa iqtisodiyoti uchun og‘ir kunlar kelganiga qo‘shiladi.
"Zaif yevro shusiz ham yuqori bo‘lgan inflyasiyaga turtki bo‘lishi muqarrar. Qayta bog‘lanish ta’siri istisno qilinmaydi. Bu vaziyatni biroz yomonlashtirishi mumkin albatta. Biz Yevropadan ko‘plab neft va tovar import qilamiz. Uning iqtisodiyoti asosan ushbu importga bog‘liq va qimmatlashib bormoqda", deydi Gamburg universitetining iqtisod professori Mikael Bauyer.
Ammo Yevropa davlatlariga sayohatga kelgan amerikaliklar mahalliy do‘kon va restoranlarda dollar sarflab, vaziyatdan faol foydalanmoqda: "Bu juda zo‘r, paritet muammoni osonlashtirdi. Endi pulimizga sayohat paytida ko‘proq narsa sotib olishimiz mumkin", deydi amerikalik sayyoh.
Xullas, Ukrainadagi urush, inflyasiya, global oziq-ovqat ta’minoti zanjiridagi uzilishlar, ayni paytda esa zaif yevro va kuchli dollar manzarasini yuzaga keltirmoqda.
G.Xoldorova tayyorladi.