Dunyo dollar matritsasidan chiqmoqda

Bu jarayonda Rossiyaning roli nihoyatda muhim, dedi xalqaro tahlilchi Boyan Chukov «Bolgariya radiosi»ga bergan intervyusida.

"Dunyo dollar matritsasidan chiqmoqda. Bu Rossiya tomonidan iqtisodiyot va moliyaviy siyosatga tashlangan termoyadroviy bomba", dedi ekspert.

U Rossiyaning Hindiston va Xitoy bilan milliy valyutalarda savdo qilishga o‘tganiga e’tibor qaratdi. Chukovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uch davlat aholisini hisobga olsak, bu dunyoning yarmi dollarga qaramlikdan chiqib ketadi, degani.

“AQShning qudrati - dollar dunyoning zaxira valyutasi ekanligiga asoslanadi, ya’ni dollardan foydalanib, dunyo AQShga soliq to‘laydi”, deya qo‘shimcha qildi u.

Chukov, shuningdek, Bolgariya hukumatini "ko‘plab boshqa xalqlar chiqib ketmoqchi bo‘lgan sxemaga kirishga" intilayotgani uchun tanqid qildi.

G‘arb davlatlari Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya bo‘yicha maxsus operatsiya tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ular asosan bank sektori va yuqori texnologiyalar sohasiga tegishli bo‘ldi. Shuningdek, Rossiya energiya manbalaridan voz kechish haqidagi muntazam da’vatlar ham bor. Biroq texnologik zanjirlar uzilishi Yevropa va AQShda iqtisodiy muammolarga, birinchi navbatda oziq-ovqat va yoqilg‘i narxi oshishiga olib keldi.

Kreml bu harakatlarni «bunaqasi hali bo‘lmagan «iqtisodiy urush» deb atadi va bunday qadamlarga tayyorligini bildirdi. Markaziy bank valyuta bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish choralarini ko‘rdi; do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lovlar rublga o‘tkazildi. Bundan tashqari, hukumat yuzga yaqin tashabbusni o‘z ichiga olgan sanksiyalarga qarshi kurashish rejasini tayyorlagan. Uni moliyalashtirish miqdori taxminan 1 trillion rublni tashkil etadi.