Apellyasiya instansiyasida 7 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari bekor qilindi
2025 yilning 9 oyi davomida viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan odil sudlovni amalga oshirish, mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, viloyat sudining apellyasiya instansiyasida jami 412 nafar shaxsga nisbatan 319 ta ish ko‘rib tamomlangan. Shundan 308 nafar shaxsga nisbatan 232 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari o‘zgarishsiz qoldirilgan, 78 nafar shaxsga nisbatan 58 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan, 13 nafar shaxsga nisbatan 7 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari bekor qilingan.
Shu davrda kassatsiya instansiyasida jami 425 nafar shaxsga nisbatan 384 ta ish ko‘rib tamomlangan. Shundan 319 nafar shaxsga nisbatan 292 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari o‘zgarishsiz qoldirilgan, 77 nafar shaxsga nisbatan 69 ta ish bo‘yicha chiqarilgan
sud qarorlari o‘zgartirilgan, 15 nafar shaxsga nisbatan
9 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari bekor qilingan.
Shuningdek, taftish instansiyasida 345 nafar shaxsga nisbatan 318 ta ish ko‘rib tamomlangan bo‘lib, 298 nafar shaxsga nisbatan
272 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari o‘zgarishsiz qoldirilgan. 30 nafar shaxsga nisbatan 29 ta ish bo‘yicha sud qarorlari o‘zgartirilgan, 3 nafar shaxsga nisbatan 3 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari bekor qilingan.
Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati taqdimnomalari asosida qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, o‘ziga tegishli xulosa chiqargan, jazoni o‘tash davrida tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tib, tartib-intizomga rioya qilgan 2755 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi. 852 nafar shaxsning jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi.
Jazoni ijro etish manzil koloniyalaridagi 889 nafar shaxs tayinlangan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli yoki jazo yengilrog‘iga almashtirilib, qamoqdan ozod qilindi.
Shu bilan birga, davlat tomonidan ko‘rsatilgan insonparvarlikni to‘g‘ri tushunmay, belgilangan tartiblarni buzganligi uchun 455 nafar shaxsga nisbatan tayinlangan jazolar og‘irrog‘iga almashtirildi. Jazoni ijro etish manzil koloniyasining ichki tartib-qoidalarini buzgan 31 nafar mahkumning jazosi og‘irrog‘iga almashtirilib, yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasalariga yuborildi.
Hisobot davrida viloyat sudlariga 1943 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqida iltimosnomalar kelib tushgan bo‘lib, 1910 tasi qanoatlantirildi. 101 nafar shaxga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnomalarning 1 tasi rad qilindi.
Viloyat sudlari tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan 2734 ta xususiy ajrimlar chiqarildi hamda muhokama qilish uchun tegishli korxona, muassasa va tashkilotga yuborildi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 9 oyda sudlarga 52316 nafar shaxsga nisbatan 43539 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar birinchi instansiyaga kelib tushgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,7 foiz ko‘paygan.
Tamomlangan ma’muriy ishlardan 32452 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash haqida qaror chiqarilib, 25615 nafar shaxsga nisbatan jarima jazosi, 95 nafar shaxsga nisbatan maxsus huquqdan mahrum qilish, 6699 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy
qamoq jazosi va 42 nafar shaxsga ma’muriy deportatsiya hamda 1 nafar shaxsga ashyoni musodara qilish jazosi tayinlangan.
2025 yilning 9 oyi davomida apellyasiya instansiyasida jami
367 nafar shaxsga nisbatan 312 ta, kassatsiya instansiyasida jami
576 nafar shaxsga nisbatan 535 ta ma’muriy ishlar ko‘rib tamomlangan.
Viloyat, tuman (shahar) sudlari tomonidan 2025 yilning
9 oyi davomida ko‘rilgan ma’muriy ishlari bo‘yicha jami 63 mlrd so‘mdan ortiq jarima jazosi tayinlangan. Shundan 30 mlrd. so‘mdan ko‘proq jarima jazosi ixtiyoriy ravishda to‘langan.
Tolib Boyzoqov,
viloyat sudi raisining o‘rinbosari - jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi.