Hayvonot olamidagi “uyushgan jinoyatchilar”guruhi: Mandrill maymunlari qanday yashaydi?
Makakasimon maymunlar oilasining eng g‘ayrioddiy va rang-barang namunalaridan biri Mandrillar G‘arbiy Afrikaning zich tropik o‘rmonlarida yashaydi va o‘zlarining g‘ayrioddiy ko‘rinishi va murakkab xatti-harakatlari bilan hamon odamlar e’tiborni tortib keladi.
Bunday primatlarning mavjudligi tabiatning haqiqiy mo‘’jizasi bo‘lib, hayvonot dunyosining hayratlanarli va xilma-xilligini namoyish etadi.

Tashqi ko‘rinish va xususiyatlar
Mandrillarning boshqa maymunlardan ajratib turadigan ajoyib ko‘rinishi alohida e’tiborga loyiq. Ularning yuzlari ko‘k, qizil va sariq ranglarning ajoyib palitrasi bilan bezatilgan.

Turmush tarzi
Mandrillar Kamerun, Gabon va Kongo Respublikasining tropik yomg‘irli o‘rmonlarida istiqomat qiladi. Garchi ular juda epchillik bilan daraxtlarga chiqa olsa-da, bu hayratlanarli mavjudotlar yerda yashashni afzal ko‘radi.
Mandrillar murakkab va uyushgan ijtimoiy tuzilishga ega. Xulq-atvori va jizzakiligi tufayli ularni odatda 20-30 kishidan iborat bo‘lgan to‘daga solishtirish mumkin. Ba’zida bunday kichik to‘dalar birlashib, boshqalarga zimdan hamla qiladi. Guruh boshida esa imo-ishora va signallar tizimi orqali qat’iy iyerarxiya (buysundira olish)ni saqlovchi hukmron maymun turadi.

Haqiqiy uyushgan to‘da singari, mandrilllar o‘z hududlarini qattiq himoya qiladi. Pishiq jussasi, baquvvat mushaklar va barmoq kattaligidagi tishlari bunga ularga yordam beradi. Aytish kerakki, faqatgina qoplonlar ular bilan kurashishga tayyor turishadi, hayvonot olamining boshqa vakillari esa butun bir olomon bilan jang qilishni xohlamaydi.

Ozuqa va xulq-atvor
Mandrillar suvli mevalar va rezavorlar, to‘yimli urug‘lar va yong‘oqlar, sarxil barglar, turli hasharotlar va hatto kichik umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi.
Noyob xususiyatlar
Mandrillarning aql-zakovati ancha baland - ular murakkab muammolarni hal qilishga va guruh ichidagb hamkorlikka qodir.
Tahdid va muhofaza
Brakonyerlik, o‘rmonlar yo‘q qilinishi va odamlar bilan to‘qnashuv mandrillar uchun asosiy tahdid sababi bo‘lishi mumkin. Muhofazasi holati jiddiy tashvish uyg‘otadigan ushbu hayvonlar “Qizil kitob”ning yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlar ro‘yxatiga kiritilgan.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.