Prezident Sh.Mirziyoyev Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi
- 29.03.2019 09:49
- 210
- O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida bugun Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Prezidentimiz 2018 yil 16-17 fevral kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida hududning zamonaviy qiyofasini yaratish, sanoatning ishlab chiqarish va qayta ishlash, transport-logistika, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sayyohlik salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha soha mutasaddilariga topshiriqlar bergandi.
Davlatimiz rahbari bu galgi tashrif chog‘ida ushbu topshiriqlar ijrosi, shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir investitsiya loyihalari bilan tanishishi rejalashtirilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa