“Bemorlarni faqat dori bilan emas, balki mehr bilan, aql bilan davolash ham muhim” — Prezident
- 18.03.2022 14:46
- 64
- Salomatlik
Ming afsuski, sog‘liqni saqlash muassasalarida ayrim shifokorlarning aholi bilan qo‘pol muomalada bo‘lishi, odamlarni mensimaslik, o‘z vazifasini suiiste’mol qilishi kabi salbiy holatlar hamon uchrab turibdi.
Bunday vaziyatni o‘zgartirish uchun, avvalo, tibbiyot xodimlarining ma’naviy dunyosini, bemorlar bilan muloqot madaniyatini yuksaltirish zarur.
Shaxsan men Prezident sifatida sizlarning mashaqqatli mehnatingizni yuksak qadrlayman. Qolaversa, shifokorning farzandi bo‘lganimdan g‘ururlanaman.
Shu sababli barcha tibbiyot xodimlari jamiyatimizning eng madaniyatli qatlami, ziyolilarimizning eng peshqadam vakillari bo‘lishlarini orzu qilaman.
Qanday sharoit va imkoniyatlar kerak bo‘lsa, davlatimiz barchasini yaratib berishga tayyor ekanini yana bir bor ta’kidlayman”, dedi davlatimiz rahbari so‘zining yakunida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hozirda Yer yuzida qancha odam yashaydi?
- 2 soat avval
- O'qing, qiziq!