Ayrim shifokorlarning oylik maoshi oshiriladi
- 21.11.2023 09:56
- 245
- Salomatlik

Prezident Farmoni (PF-197-son, 20.11.2023 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–136-son Farmonining 1-bandida nazarda tutilgan quyidagilar 2024 yil 1 yanvardan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga (maxsus va harbiy unvonga ega bo‘lgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etiladi:
oylik lavozim maoshlari:
➖oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 15 foizga;
➖ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan va toifaga ega bo‘lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 10 foizga;
➖tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15 foizga oshiriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Munosabat o‘rnida
- Bugun, 18:53
- Samarqand
Muammo yashirilishi emas, hal qilinishi kerak
- Bugun, 15:10
- Samarqand
Polsha Xitoy uchun Yevropaga eshigini yopdi
- Bugun, 14:19
- Xorij