Oylik olish vaqti bayramga to‘g‘ri kelsa, oylik qachon to‘lanishi kerak?

Mustaqillik bayrami yaqinlashmoqda, bayramda necha kun dam olinishi, xodimlarga oylik qachon berilishi kerak?

1. Mustaqillik bayramida necha kun dam olinadi?

Mustaqillik bayrami arafasida barcha xodimlar 3 kun dam oladi, xususan:
– 1 sentyabr (juma) – Mustaqillik bayrami kuni (Mehnat kodeksi 208-moddasiga ko‘ra ishlanmaydigan bayram);
– 2 sentyabr (shanba) – dam olish kuni (Prezident Farmoniga ko‘ra 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, hech qayci kundan ko‘chirilmagan);
– 3 sentyabr (yakshanba) – dam olish kuni (Mehnat kodeksi 208-moddasiga ko‘ra umumiy dam olish kuni).

2. Oylik bayramdan keyin beriladimi?

Oylik (ish haqi) to‘lanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida to‘lanadi, ya’ni 1 sentyabrdan oldin to‘lanishi kerak.

Oylik olish vaqti kechiktirilsa kechiktirilgan har bir kun uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanishi kerak.
Markaziy bank stavkasi 14 foiz, shundan kelib chiqadigan bo‘lsak oylikka nisbatan 1,4 foizda kompensatsiya berilishi kerak.

3. Bayramdan oldingi kunda xodimlar kamida 1 soat oldin ishdan ketishi mumkin.

Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ish (smena)ning davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Agar ishni qisqartirish imkoni bo‘lmasa (masalan, uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda) ortiqcha ishlaganlik uchun xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti beriladi yoki o‘sha vaqt uchun 2 hissa haq to‘lanadi.