Qozog‘istonda bir yilda ish haqi 23,7 foizga o‘sdi

2022 yilning birinchi choragida o‘rtacha oylik ish haqining o‘sishi bo‘yicha Qozog‘iston Markaziy Osiyo va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari orasida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hisobotida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, 2021 yilning shu davriga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘lgan:

  • Qozog‘istonda — 23,7 foiz, 627 dollar;
  • Belarusda — 17,1 foiz, 551 dollar;
  • Rossiyada — 15 foiz, 709 dollar;
  • Qirg‘izistonda — 11,4 foiz, 234 dollar;
  • Armanistonda – 9,6 foiz, 437 dollar.

O‘zbekistonda, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra o‘sish 19,1 foizni (305 dollar) tashkil etgan, deya xabar berdi  bugun.uz. «Asia Plus»ning statistika agentligiga tayanib xabar berishicha, Tojikistonda o‘rtacha oylik ish haqi 13,7 foizga oshgan va 155 dollar tashkil qilgan. Turkmaniston bo‘yicha ma’lumotlar esa topilmagan.