Qirg‘izistonda 43 bola noma’lum moddadan zaharlandi
- 30.03.2023 11:24
- 64
- Xorij
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida qirqdan ortiq bola noma’lum moddadan zaharlangan, ulardan 18 nafari kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda respublika sog‘liqni saqlash vazirligi xabar tarqatgan: “O‘sh viloyatining Qora-Suv tumanida 43 nafar bola tibbiy yordam so‘rab murojaat qildi”, deyiladi vazirlik rasmiy xabarida.
Aytilishicha, hozirda mutaxassislar tomonidan zaharlanish sababi aniqlanmoqda. Tegishli tahlillar o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mutolaa: Ota bo‘lish osonmas…
- 15/11, 20:40
- Mutolaa