"Qizil kitob"ga kiritilgan ona-bola jayronlar otib o‘ldirilgani bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida brokonerlar tomonidan O‘zbekistonda "Qizil kitob"ga kiritilgan ona-bola jayronlar otib o‘ldirilganligi haqida xabar tarqaldi.

Yurtimizning Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo vohalari hududida yashaydigan, O‘zbekistonda "Qizil kitob"ga kiritilgan, hozirda qisqarib borayotgan jayronni ovlash, tutqunlikda saqlash taqiqlangan bo‘lishiga qaramasdan, joriy yilning 11 iyul kuni jayronlar brokonerlar tomonidan vahshiylarcha otib o‘ldirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura tergovga qadar tekshiruv natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.