Qiziqarli faktlar…

-  Taniqli aktyor Charli Chaplin o‘z qiyofadoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tanlovda ishtirok etib, uchinchi o‘rinni egallagan.

- Har 5 soniyada dunyoda 5 nafar chaqaloq dunyoga keladi.

- Bir kunda bolalar o‘rtacha 400 marta, kattalar esa 15 marotaba kular ekan.

- Odam hayoti davomida 5 ta yer ekvatoriga teng masofani bosib o‘tadi.

-  Bolalar olti-yetti oylik paytida ham ovqat yeb, ham baravar nafas ololadi. Kattalar bu ishni uddalay olishmaydi.

- 2003 yili yana bir sport turi rasman ta’sis etilgan ekan. U «Shaxboks» deb atalib, boks va shaxmatni o‘zida birlashtirgan.

- 100 yoshgacha va undan ko‘p umr ko‘rganlarning 80 foizini ayollar tashkil etar ekan.

- Odam terisidagi tirik organizmlar yer yuzining jami aholisidan bir necha o‘n karra ko‘proqni tashkil etadi.

- Dunyo bo‘yicha 365 million odam o‘z shaxsiy kompyuteriga ega. Yer yuzining teng yarim aholisi esa kompyuter va telefon nimaligini bilmaydi.

- Dunyodagi eng novcha xalq - gollandiyaliklar.