Okeanlarda 10 milliard tonna oltin bor. Inson tanasida esa u 2 milligramm

Hayotda kimdir biror odamning mehribonligini tasvirlab, uni “Oltin qalb egasi” deya tavsiflagan hollar uchrab turadi. Ushbu ibora o‘zining mukammalligi uchun qadrlanadigan metall, ya’ni oltinni anglatadi va bu elementning buyukligini ifodalash maqsadida ushbu qimmatbaho metaldan foydalanilgan ko‘plab misollarning biri.

Olimpiada g‘oliblariga beriladigan oltin medallar, Amerika kino akademiyasidagi Oskar haykalchasi, Gremmi, Oltin globus va Nobel mukofotlari kabi sovrinlar oltin bilan qoplangani to‘g‘risida xabaringiz bo‘lsa kerak. Yer yuzida yuzlab metallar bor bo‘la turib, nega biz oltinni shunchalik sevamiz va qadrlaymiz? Negaki, oltin qadim zamonlardan buyon qimmatbaho narsa hisoblanib kelingan va unga egalik qilish ishtiyoqi odamlarda bugungacha saqlanib kelmoqda.

Mendeleyevning davriy jadvalidagi 118 ta elementdan aynan oltindan valyuta sifatida foydalanib kelinadi. Bugun ushbu mineral to‘g‘risida yana qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Oltin shu qadar egiluvchanki, uni hatto tikuv ipiga aylantirib, bir unsiya (31,1 gramm) oltinnni 50 mil (80 kilometr)dan ortiqroq masofaga cho‘zdirish mumkin.

Hisoblarga qaraganda, dunyo okeanlarida jami 10 milliard tonna oltin bor ekan. Bu har bir mil kub dengiz suvida 25 tonnaga teng degani.

Inson tanasida 2 milligramm oltin bo‘lib, uning aksariyati qonda bo‘lar ekan.

Sof oltin shu qadar yumshoqki, uni qo‘llar bilan ezib, muayyan shaklga keltirish mumkin.

Kichik miqdorda oltinni iste’mol qilish mumkin. Ba’zi Osiyo mamlakatlari bu metalni mevalar, shirinliklar, qahva va choyga qo‘shadilar. Yevropaliklar 1500 yillardan boshlab tilladan hosil qilingan bargchalarni likyorlarga qo‘shishni boshlagan. Bundan tashqari, dunyodagi eng qimmat gamburgerlarga oltin parchalari qo‘shiladi.

Miloddan avvalgi 300 yilda yunonlar va yahudiylar alkimyo bilan shug‘ullanib, asl bo‘lmagan metallarni oltinga aylantirishga intilishi O‘rta asrlarning oxiri va Uyg‘onish davrida yuqori cho‘qqiga chiqqan.

Yigirma to‘rt karat oltin sof elementlar oltinidir. O‘n sakkiz karatli oltin tarkibida yetmish besh foiz toza oltin bor. O‘n to‘rt karat oltin – 58,5 foizga va o‘n karatli oltin 41,7 foizga teng. Metalning qolgan qismi odatda kumushdan iborat. Lekin boshqa metallar yoki platina, mis, palladiy, nikel temir va kadmiy kabi metallarning birikmasidan iborat bo‘lishi ham mumkin.

Dunyodagi eng katta oltin zaxirasi Amerikaning Nyu-York Federal zaxira bankida joylashgan. U dunyodagi oltin zaxirasining yigirma besh foizini (540 ming oltin quyma) o‘zi ichiga oladi. Ularning aksariyati xorijiy hukumatlarga tegishli.

Dunyoda birinchi oltin sotadigan va o‘zi ham 24 karatli oltin bilan qoplangan  avtomat mashinasi Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahridagi hashamatli mehmonxonada joylashtirilgan bo‘lib, u 2010 yil may oyida ochilgan.

“Oltin” so‘zi inglizcha “geo” (geo) so‘zidan olingan bo‘lib, u sariq degan ma’noni anglatadi.

Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda, oltin va mis miloddan avvalgi 5000 yilda kashf qilingan birinchi metallar sarasiga kiradi.

Oltin  selsiy bo‘yicha 1,064.43 haroratda eriydi. U issiqlik va elektr energiyasini o‘tkazadi. U hech qachon zanglamaydi.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.