O‘zingizni hayotda omadsizman, deb o‘ylaysizmi?

Erik Norrining hikoyasini bilib olgach, siz albatta boshqacha fikrda bo‘lasiz.

Amerikalik Erik Norrini omadsizlik bo‘yicha rekordchi deb atash mumkin. Hayot uni ayamaydi va har doim eng og‘ir sinovlarga duchor qiladi. U chaqmoq urishi, maymunlar hamlasi, ilonlar chaqishi va akulalar hujumidan qutulib, tirik qolgan.

Omadsiz Erik Norri

Dastlab u chaqmoq urishidan omon qoldi. Keyin Norri ilon chaqishini boshidan o‘tkazib, yana omon qoldi. Keyingi sinov Norrining maymunlar bilan jangi bo‘ldi va bularning barchasidan keyin ham amerikalik erkak akula hujumiga uchradi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu uning hayotida boshdan kechirgan eng dahshatli sinov edi. Achinarlisi, hodisa Norri xotini va bolalari bilan Bagama orollarida dam olayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Akula u  suzayotgan paytida unga hujum qildi va mo‘’jiza tufayligina Erik undan sog‘-salomat qutulib qoldi. Qonxo‘r yirtqich uni jarohatlab, oyog‘ini tishlab oldi. Agar vaqtida kelgan yordam bo‘lmaganida voqea nima bilan tugashi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.