O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari salkam 50 mlrd dollarga yetdi
- 09.06.2025 15:42
- 6
- Iqtisodiyot

Markaziy bank hisobotida keltirilishicha, shu yilning 1 iyun holati bo‘yicha O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 49 milliard 665 million dollarni tashkil etdi.
Unga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 8 mlrd 483 mln dollarga ko‘paygan va 20,6 foiz o‘sishni qayd etgan. Shu tariqa bu o‘sish ketma-ket 5-oy davom etmoqda. Xususan, aprel oyi bilan solishtirganda bu ko‘rsatkich 410,2 mln dollarga yoki 0,83 foizga oshgan. Shuningdek, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2013 yildan (22 mlrd 408 mln dollar) beri kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.
Hisobotga ko‘ra, zaxiralardagi oltin miqdorining fizik hajmi biroz kamaygan va 11,4 troya unsiyani (353,85 tonna) tashkil etgan. Shunga qaramay, qimmatbaho metall narxining ko‘tarilishi ortidan uning narxi 2,2 million dollarga oshib, 37,65 milliard dollar yetgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Xitoydan kim nima bilan keldi?
- 2 soat avval
- Iqtisodiyot
Mamlakat taqdiri malakali mutaxassis qo‘lida
- 2 soat avval
- Ta’lim