O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 43 milliard dollardan oshdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oktyabr oyida 2 milliard dollarga oshib, 43,14 milliard dollarga yetdi. Bu statistika yuritib kelinayotgan 2013 yildan buyon rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Zaxiralar ketma-ket to‘rt oydan beri o‘smoqda - iyulda 1,06 milliard dollarga, avgustda - 1,75 milliard dollarga, sentyabrda - 1,98 milliard dollarga, oktyabrda esa 2 milliard dollarga oshgan.

Shuningdek, o‘tgan oyda xorijiy valyuta zaxiralari 511 million dollarga oshgan - 8,709 milliarddan 9,220 milliard dollargacha. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi o‘zgarishsiz qolmoqda - 12 million troya unsiyasi (367 tonna).

Oltin zaxiralari qiymati 1,44 milliard dollarga oshib, 33,36 milliard dollarga yetgan.