Paxtachida bir nechta "oltin izlovchilar" faoliyatiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 18 mart kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumani hududida noqonuniy ravishda rangli va qimmatbaho metallarni talon-toroj qilish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash va ular bilan tezkor-profilaktik tadbirlarni o‘tkazish maqsadida 56 nafar shaxslarning yashash manzillarida tintuv tergov harakatlari o‘tkazildi.
Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan tintuv tadbirlari davomida 2 nafar shaxslarning yashash xonadonidan 185 gramm miqdordagi quyilgan oltinga o‘xshash modda, 13 nafar shaxsning yashash xonadonidan 14 dona qo‘lbola usulda yasalgan har xil turdagi qum yuvish uchun mo‘ljallangan uskunalar, 4 nafar shaxslarning yashash xonadonidan 4 dona tosh maydalash uchun yasama tegirmonlar, 36 nafar shaxslarning yashash xonadonidan ko‘p miqdorda ishlovga olingan va ishlovga olinmagan tuproqlardan tashkil topgan namunalar olinib, hujjatlar rasmiylashtirildi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.