Oltin zaxirasi bo‘yicha reyting e’lon qilindi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

«Trading Economics» tomonidan 2024 yilda dunyodagi eng katta oltin zaxirasiga ega davlatlar reytingi taqdim etildi.

Reytingning birinchi o‘rnini 8133 tonna oltin zaxirasi bilan AQSh egallagan. Germaniya 3 352 tonna bilan ikkinchi, Italiya 2 452 tonna bilan uchinchi o‘rinda joylashgan. Eng katta yer maydoniga ega Rossiya ham 2336 tonna bilan beshinchi o‘rinni band etgan.

O‘zbekiston esa dunyo reytingining 16-o‘rnida bo‘lib, 374 tonna oltinga ega deya qayd etilgan. Bu Markaziy Osiyodagi eng katta oltin zaxirasidir.

Oltin zaxirasi davlatning iqtisodiy barqarorligi, milliy valyutaning stabilizatsiyasi va boshqa strategik maqsadlar uchun muhim ahamiyatga ega. Shu bois, bu davlatlarning iqtisodiy holati va rivojlanishi uchun katta o‘zgaruvchan omil hisoblanadi.