Paxtachida "oltin orzusi"dagi uddaburonlar qo‘lga olindi

Joriy yilning 7 may kuni Milliy gvardiya Samarqand viloyati qo‘riqlash boshqarmasi 11-alohida otryadi va Paxtachi tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmatining ma’lum qilishicha, "Qoraqo‘tan" koni 112-sonli ochiq karer tushib tekshirilganda, 39 ga yaqin fuqarolar tomonidan 200 ta polietelin qoplarga joylangan 6 tonna 610 kilogramm, tarkibida oltin moddasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshlar hamda 10 ta turli rusumdagi avtomashinalar, 9 dona elektr uzatgich, 10 dona perifarator kabi asboblar daliliy ashyo sifatida olinib, Paxtachi tumani ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.