Paxtachi tumanini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar tasdiqlandi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi Paxtachi tumanini rivojlantirish bo‘yicha 2026 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan tuman hokimi K.Xushbaqovning taqdimotini ko‘rib chiqib, 2026 yilda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasini tasdiqladi.

  Dasturga ko‘ra, bu yil tumanda kambag‘allik darajasini 4,6 foiz 2,3 foiz (3,7 ming)ga tushirish hamda tumandagi 4 ta mahallani kambag‘allikdan holi hududga aylantirish rejalashtirilgan. Ishsizlik darjasi esa 5 foizdan 3,6 foiz (1,9 ming)ga tushiriladi. “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”dagi Fay va Qarnabota mahallalari kompleks rivojlantiriladi.

  “Teng imkon – inklyuziv bandlik” dasturi asosilda 128 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlanadi.

Jahonobod mahallasida 1 ta (87 xonadonli) va Istiqlol mahallasida 2 ta (182 xonadonli) ko‘p kvartirali uy-joy barpo etiladi.

12 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarda maxsus jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi.