Paxtachilik yosh sportsevarlar respublikada tengsiz ekanliklarini yana bir bor isbotladi

"Besh tashabbus olimpiadasi" joriy yilgi mavsumi doirasida o‘tkazilgan musobaqa va tanlovlarning final bosqichida g‘olib bo‘lgan Paxtachi tumani yoshlari to‘rtta oltin va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

16-21 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan stritbol musobaqasida Sardoba mahallasi qizlari hamda Suluvqo‘rg‘on mahallasi o‘g‘il bolalari jamoasi, yengil atletika sport turi bo‘yicha 22-26 yoshli suluvqo‘rg‘onlik qizlar, gimnastrada musobaqasida esa 14-30 yoshli Paxtachi tumani yoshlar jamoalari oltin medal bilan taqdirldandi.

Kurash musobaqasida o‘z mahoratini ko‘rsatgan Mashhura Sunnatullayevaga bronza medal nasib etdi.
Ta’kidlash kerakki, 2022 yilda ilk bor o‘tkazilgan "Besh tashabbus olimpiadasi"ning voleybol musobasida Amirobod mahallasining o‘g‘il bolalar jamoasi respublikada birinchi o‘rinni egallagandi.
Paxtachi tumani 2023 yil va joriy 2025 yilda medallar soni bo‘yicha respublikadagi 208 ta tuman va shaharlar ichida birinchi o‘rinni band qildi.
Viloyatimizda ham Paxtachi ushbu musobaqalarning respublika bosqichida olingan medallar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni 2 marta egallagan yagona tuman bo‘lib turibdi.