Dunyoda qancha pul bor?

Dunyo bo‘ylab qancha pul muomalada bo‘lganligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Hozirda dunyoda qancha pul bor, degan savolga aniq javob yo‘q. Miqdor doimiy ravishda o‘zgarib turadi, chunki har bir mamlakat o‘zi chiqaradigan pul hajmini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. 2024 yil holatiga ko‘ra, Yerdagi umumiy pul miqdori taxminan 115 trillion dollarni tashkil etdi.

Miqdor shunchalik ta’sirliki, agar bu summa bir dollarlik qog‘ozlarga aylantirib, taxlab chiqilsa, u 3 marta oygacha bo‘lgan masofaga borib-kelishga yetadi. Yoki bu miqdor 100 dollarlik banknotalarda taxlanib, temir yo‘l bo‘ylab bitta poyezdda tashish masqadi qo‘yilsa, uzunligi 6 ming kilometr bo‘lgan poyezd kerak bo‘ladi.

Agar bunga investitsiyalar va kriptovalyutalarni hisobga olgan holda, omonat depozitlari, sertifikatlar va davlat obligatsiyalari qo‘shiladigan bo‘lsa, natijada astronomik ko‘rsatkich - 1,3 kvadrillion dollardan ko‘proq mablag‘ kelib chiqadi.

Aytgancha, dunyoda 10,4 trillion dollardan ortiq mablag‘ga teng keladigan oltin bor.