Qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib kelgan ayol qo‘lga olindi

Toshkent shahri IIBB tomonidan qo‘shmachilik fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahri, Uchtepa tumanida 41 yoshli Mavluda X. tashkil etgan fohishaxona aniqlandi.

Ayol “mijozlardan” 50 AQSh dollari va 350.000 so‘m olgan.

Ushbu fakt asosida Mavluda X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.