Yosh qizni Turkiyaga jo‘natayotgan qo‘shmachi ayol qo‘lga olindi

Toshkent xalqaro aeroportida 20 yashar qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan qo‘shmachi ayol ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro N.X. Turkiya Respublikasida yashovchi “Kadir” ismli tanishi bilan oldindan til biriktirib, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro N.A.ni Turkiya Respublikasiga fohishalik qilish uchun Toshkent xalqaro aeroportida “Toshkent-Istanbul” aviayo‘nalishi orqali jo‘natayotgan vaqtida ushlangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.