Qozog‘iston benzin, dizel yoqilg‘isi va bir qator neft mahsulotlarini avtomobil orqali chiqarishni yana taqiqladi

Taqiq o‘n kun ichida kuchga kirishi aytilmoqda. Tegishli hujjatga ko‘ra, cheklov tadqiqot ishlari, tajriba-sanoat va laboratoriya sinovlari, avtotransport va avia yoqilg‘isini ishlab chiqaruvchi kabilarning ehtiyoji uchun vakolatli organ bilan kelishilgan holda banzobaklarda olib chiqish holatlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Qozog‘istonda 2021 yil 21 noyabrdan 2022 yil 21 mayga qadar respublika hududidan avtomobil transportida yoqilg‘isi mahsulotlarining ayrim turlarini olib chiqishni taqiqlagan edi.

Keyinroq taqiq yana olti oyga uzaytirildi. O‘shanda mamlakat energetika vazirligi ushbu taqiq milliy iqtisodiyot barqarorligi hamda Qozog‘iston ichki bozorida neft mahsulotlari tanqisligining oldini olish maqsadida joriy etilgani haqida ma’lum qilgan edi.