Samarqandda 81 tonna sifatsiz yoqilg‘i sotuvga chiqarilgani aniqlangan

Qonun buzilishi holatlari aniqlangan 14 ta tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan qonuniy ta’sir choralari ko‘rilgan.

Qayd etilishicha, qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga joriy yilning 10 oyi davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoloyatini tartibga solish bo‘yicha 1612 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan 738 tasi uy-joy kommunal, 440 tasi savdo va umumiy ovqatlanish, 305 tasi aloqa va ijtimoiy xizmatlar, 129 tasi reklama va boshqa sohalarini tashkil etgan.

Murojaatlarning 75 foizi ijobiy hal etilgan.

Hududiy boshqarma tomonidan viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotilayotgan yoqilg‘i sifati ham muntazam o‘rganib borildi. Jumladan, o‘rganish davomida yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 81 ming 993 litr sifatsiz yoqilg‘i mahsulotlari sotuvga chiqarilganligi aniqlandi. Natijada qonun buzilishi holatlari aniqlangan 14 ta tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan qonuniy ta’sir choralari ko‘rilgan.