To‘rtta viloyatdagi 15 ta AYoQShda sifatsiz benzin sotilgan
Oqibatda iste’molchilar 201 million so‘mdan ortiq zarar ko‘rgan. Aniqlangan holatlarning eng ko‘pi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, yanvar-aprel oylarida 50 ga yaqin avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotilayotgan benzinlarning sifatini o‘rganish uchun nazorat xaridi o‘tkazilgan.
Laboratoriya tahlillari xulosasiga ko‘ra, 15 ta AYoQShda Ai-92 va Ai-95 markali sifatsiz benzinlar sotilgan.
Samarqand viloyatida xizmat ko‘rsatuvchi quyidagi 12 ta shoxobchada shunday holat aniqlangan: “GULOBOD OIL SERVICE”, “RUSTAM GAZ OIL”, “AZAMAT GAZ SERVIS”, “JONIBEK MOBILE”, “SAMARQAND LADA”, “KUTFI BOBO”, “SAM MEGA PETROLEUM”, “ECO STANDART SERVICE”, “BOG‘IZAG‘ON ABDUGAFFOR”, “GULOBOD GAZ SERVIS”, “SHUXRAT”, “RAVOT GAZ SOY”.
Oqibatda iste’molchilarga 201 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Ushbu zararni qoplash uchun AYoQShlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, bajarilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan. Natijada 2139 nafar iste’molchining huquqlari tiklanib, ularning foydasiga pul mablag‘lari qayta hisob-kitob qilingan.