Qozog‘iston prezidenti Tokayev hukmron partiyani tark etdi
- 27.04.2022 10:35
- 89
- Xorij
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev 26 apreldan boshlab hukmron “Amanat” (sobiq “Nur Otan”) partiyasi raisi lavozimini tark etgani va ushbu partiyadan ketganini ma’lum qildi. Bu qarorini u partiyaning navbatdan tashqari qurultoyida e’lon qildi.
Prezident partiyaning yangi yetakchisi lavozimiga Qozog‘iston parlamenti majlisi spikeri Yerlan Koshanov nomzodini ilgari surdi. Kongress ushbu nomzodni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.
Shuningdek, qurultoy ishtirokchilari “Adal” partiyasining hukmron partiyasi bilan birlashishni ma’qullashdi.
“Nur Otan” partiyasi 1999 yilda Qozog‘istonning birinchi prezidenti, partiyaga rahbarlik qilgan Nursulton Nazarboyev taklifi bilan tuzilgan. Yanvar oyida Tokayev partiya yetakchisi bo‘ldi, 1 martdan esa uning nomi «Amanat» deb o‘zgartirildi.
Mart oyi oxirida “Adal” siyosiy partiyasi Tokayevning ish uslubini “juda yoqtirishi”ni va hukumat partiyasiga qo‘shilish niyatini bildirgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa