Qozog‘istonda 17 nafar o‘zbekistonlikning nega ushlanganiga aniqlik kiritildi

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahridagi vaqtincha saqlash hibsxonasida hujjatsiz ushlangan 17 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha mamlakatimizning Qozog‘istondagi elchixonasiga murojaat kelib tushdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bergan xabarga ko‘ra, ushbu murojaatni o‘rganish uchun 17 nafar fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (F-1) tayyorlanib, vaqtincha saqlash hibsxonaga borildi. Fuqarolar bilan  uchrashilib, ularning 10 nafarida pasport borligi aniqlandi va jarima asosida qo‘yib yuborildi. 7 nafar fuqaroning pasporti yo‘qolganligi sababli ularga Vatanga qaytish guvohnomasi tayyorlash uchun belgilangan tartibda ma’lumotlar olindi.

Fuqarolarning bu holatga tushib qolishining sababi, ya’ni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish muddati tugaganligi va ishlash uchun ruxsatnomasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Fuqarolarga hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.