Raqobat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi 11 ta hokimlikka taqdimnoma bergan
Chunki o‘rganishlarda shartnomalar tuzishda ustunlik berish, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shartlar belgilash holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Qayd etishicha, hududiy boshqarma tomonidan Samarqand viloyatida sog‘lom raqobat muhitini yaratish va raqobatni rivojlantirish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirib borilmoqda.
Jumladan, tuman-shahar hokimliklari tomonidan qabul qilingan hujjatlarning raqobatga ta’siri o‘rganib chiqilganda, mahalliy hokimliklar tomonidan chiqarilgan ayrim xatlarda shartnomalar tuzishda ustunlik berish, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shartlar belgilash holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
O‘rganish natijalari bo‘yicha viloyatning 11 ta shahar va tuman hokimlikka qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida taqdimnoma berilgan.