Samarqand aeroportida yo‘lovchilar oqimi ikki baravar ko‘paydi
2023 yilda Samarqand xalqaro aeroportida yo‘lovchilar oqimi ikki baravar ko‘paygan.
O‘tgan yili aeroportni boshqaruvchi "Air Marakanda" xususiy kompaniyasi 1,01 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lib, bu 2022 yilga nisbatan 2,05 baravar ko‘p. Bu Samarqandga to‘qqizta yangi aviakompaniya parvozlari yo‘lga qo‘ygani bilan bog‘liq. Ularning beshtasi xorijiy aviakompaniyalardir. Jazeera Airways, «Pobeda», Panorama Airways, China Southern, Silk Avia, Humo Air, Centrum Air, SunExpress va UVT Aero kompaniyalari shular jumlasidan. Samarqanddan Moskva, Istanbul, Sankt-Peterburg, Abu-Dabi va Dubay shaharlariga qatnovchi parvozlar eng mashhur yo‘nalishlardan bo‘ldi.
Xalqaro aviatashuvchilar 918,5 ming yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazgan bo‘lsa, ichki yo‘nalishlardan foydalanganlar soni 92,3 kishini tashkil etdi. Toshkent shahri mamlakat miqyosida eng ko‘p parvoz amalga oshirilgan shahar bo‘ldi.
Hozirda Samarqand xalqaro aeroportida 7 ta ichki va 21 ta xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha aviaparvozlar amalga oshiriladi. O‘tgan yili ushbu havo bandargohidan samolyotlar birinchi marta Tel-Aviv, Urumchi, Jidda, Quvayt, Izmir, Mineralnie Vodi, Ufa, Samara va Urganchga parvoz qilgan.