Samarqand shahrida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot berildi

Tasodifan tasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqand shahrida “Damas” rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborganlik holati bo‘yicha viloyat IIB YHXB matbuot xizmati ma’lumot berdi.

2019 yil 21 may kuni soat 11:30 larda Samarqand shahar Panjikent ko‘chasida 1966 yil 17 mart kuni tug‘ilgan, Urgut tuman Gulobod mahallasida yashovchi Najmiddin Qobilov boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli 30 R 421 QA davlat belgili avtomashinasi bilan piyoda, voyaga yetmagan 2011 yil 23 dekabrda tug‘ilgan Samarqand shahar Vasliy ko‘chasi 5-uyda yashovchi Farida Tolibovani urib yuborgan. Natijada u tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.