Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahridagi 23-maktab bilan bog‘liq holat yuzasidan ishchi guruh tuzildi

Samarqand shahridagi 23-umumta’lim maktabidagi nohaqliklar to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaatga shahar xalq ta’limi bo‘limi munosabat bildirdi.

Bugun, 17 fevral kuni Zarnews.uz telegram kanalidagi @zarafshonbot manziliga “Samarqand shahridagi 23-maktabning bir guruh o‘qituvchilari nomidan maktabda sodir bo‘layotgan ba’zi bir nohaqliklar to‘g‘risida” murojaat kelib tushganligi e’lon qilindi.

Ushbu holat yuzasidan viloyat xalq ta’lim boshqarmasi hamda shahar xalq ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Masalaga oydinlik kiritilgach, bu haqda batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.

Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi.