Samarqand tumanida 12 nafar boquvchisini yo‘qotgan yoshlar va xotin-qizlarga uy berildi

Bugun, 21 dekabr kuni Samarqand tumani Pulimug‘ob mahallasida 12 nafar yoshlar va xotin-qizlarga yangi uy-joylar topshirildi.

Bu haqda Samarqand tumani hokimligi axborot xizmati zarnews`ga xabar berdi.

Yangi uylarni egalarga topshirishga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov, viloyat boshqarmalari mas’ullari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Zarshed Mo‘minov Mehribonlik uyi bitiruvchisi. Bugun uning xursandchiligi cheksiz.

- Shu yil Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi bo‘ldim, - deydi u. - Bugun esa o‘z uyimga ega bo‘lyapman. Men kabi boquvchisini yo‘qotgan yoshlar va ayollarga uy qurib berayotgan davlatimizga rahmat aytaman.

Pulimug‘obda xayrli ish hali davom etadi. Tashabbuskor guruh vakillari hokimlik ko‘magida yangi qurilgan uylar yonidan 16 xonadonli uy qurishni ham maqsad qilgan.