Samarqand tumanida oziq-ovqat mo‘l-ko‘l bo‘ladi

Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashida tuman hokimi N.Mavlonov shunday fikr bildirdi.

Qayd etilishicha, tumanda 2021 yil may oyiga qadar aholi ehtiyoji 31,1 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish zarur. Xususan, go‘sht 5358 tonna, 6540 tonna kartoshka, 2515 tonna piyoz, 3270 tonna sabzi, 1233 tonnasi guruch, 9722 tonnasi un, 1144 tonnasi o‘simlik yog‘i, 1383 tonnasi shakar mahsulotlari hamda 27 million 166 ming dona tuxum mahsulotlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Iste’mol talabi yuqori bo‘lgan 10 turdagi mahsulotning aksariyati ichki imkoniyatlar hisobidan qoplanadi.

Tumanda yetishtiriladigan 773 tonnani baliq umumiy talabga nisbatan 43 foizni tashkil qiladi. Ushbu yo‘nalishda “Oq Amur Baliqlari” MChJ tomonidan 190 tonna baliq yetishtirish loyihasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ehtiyojdagi baliqning qolgan qismini boshqa tumanlardan olib kelish hisobiga qondiriladi.

Shuningdek, 1 383 tonna shakar va 1 233 tonna guruch Xorazm viloyatidan keltiriladi.

Boshqa tumanlardan farqli ravishda, Samarqand tumanida talabga nisbatan 109 foiz yoki 1 250 tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqariladi.

Tumanda aholining go‘shtga bo‘lgan talabini qondirish hamda narx barqarorligini ta’minlash maqsadida "Farhod" fermer xo‘jaligi tomonidan qiymati 2,5 milliard so‘mlik loyiha amalga oshirilmoqda. "Feruzjon bog‘i" fermer xo‘jaligining 1 milliard so‘mlik, "Azimov Azim Chorvalari" fermer xo‘jaligining 2,5 milliard so‘mlik loyihalari orqali 250 boshga yaqin qoramol parvarishi yo‘lga qo‘yiladi.

Sessiyada qayd etilishicha, boshqa yo‘nalishlarda ham bu kabi yirik loyihalarni hayotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.