Samarqand viloyati maktablarida jami 606 nafar pedagog kadrlarga ehtiyoj mavjud
Maktablarda asosan ingliz tili (81), rus tili va adabiyoti (74), ona tili va adabiyoti (57), informatika (51), jismoniy tarbiya (37), matematika (33), ximiya (32), biologiya (30), fizika (28), boshlang‘ich ta’lim (28), nemis tili (27), musiqa (26), tasviriy san’at va chizmachilik fani (24) mutaxassisliklariga ehtiyoj bor.
Hududlar kesimida - Nurobod tumanida 167 nafar, Qo‘shrabot tumanida 158 nafar, Narpay tumanida 58 nafar, Urgut tumanida 47 nafar, Ishtixon tumanida 38 nafar, Payariq tumanida 32 nafar va Past Darg‘om tumanida 30 nafar o‘qituvchiga ehtiyoj bor.
Shu jumladan, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan 269 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagoglarga bo‘lgan ehtiyoj 420 nafarni tashkil etadi. Tuman (shahar)lar kesimida tahlil qilinganda eng katta ko‘rsatkich Qo‘shrabot tumani (114)da, Nurobod (98)da, Urgut (54)da, Narpay (40)da, Past Darg‘om (32)da, Payariq (14)da o‘qituvchilarga ehtiyoj mavjud.
Viloyat bo‘yicha olis hududda joylashgan 62 ta umumta’lim maktablarida pedagoglarga bo‘lgan ehtiyoj 169 nafarni tashkil etadi. Shundan Qo‘shrabot tumanida 109 nafar, Nurobod tumanida 51, Kattaqo‘rg‘on tumanida 6, Payariqda 5 va Paxtachi tumanija 1 nafar o‘qituvchiga ehtiyoj bor.
Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali viloyat maktablarida o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyoj maktablar va mutaxassisliklar kesimida ochiq e’lon qilinadi. Bu haqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, ish.uzedu.uz orqali ham bu haqda ma’lumotga ega bo‘lish mumkin, deyiladi xabarda.