Samarqandda 141 nafar nafar o‘quvchi oltin va kumush medal bilan taqdirlandi

O‘zbekistonda 2018-2019 o‘quv yili yakuniga ko‘ra, 4990 nafar o‘quvchi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini oltin va kumush medal bilan tamomladi, deb ma’lumot berdi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati.

Xabarda keltirilishicha, O‘zbekistonda 2018-2019 o‘quv yilida 9691 maktabda jami 5,8 million nafar o‘quvchi ta’lim olgan. Bu yil ulardan 279,78 ming nafari 11-sinfni bitirgan.

Shundan, oltin medal bilan bitirgan o‘quvchilar soni 2524 nafarni tashkil etgan. 2466 nafar maktab bitiruvchisi esa kumush medal sohibi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oltin va kumush medal sohiblariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda hech qanday imtiyoz berilmaydi.