Samarqandda 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi
- 18.05.2020 13:58
- 648
- COVID-19
Samarqand viloyatida navbatdagi 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Tuzalganlarning 20 nafari Samarqand viloyatidan (5 nafari Samarqand shahridan, 4 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Oqdaryo tumanidan, Payariq, Samarqand, Past Darg‘om va Ishtixon tumanlaridan 2 nafardan), qolgan 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatidan. Barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 10 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi esa 8 yoshda.
Viloyatda shu paytga qadar 154 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 175 nafarga yetdi.
Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2275 nafarni tashkil qilmoqda.