Koronavirus qaytalagan bemorga mutaxassis maslahati

Kecha AOKA press-xolida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi:

➖ Avgustda COVID-19 ning o‘rta og‘ir turini boshimdan o‘tkazdim. Uch kun avval yana virus yuqtirib olganim tasdiqlandi. Bunisi og‘irroq kechyapti. Nima maslahat berasiz?

➖ Tadqiqotlar  koronavirusga chalingan odam virusni qayta yuqtirib olish xavfidan xoli emasligini isbotlamoqda. Unga ko‘ra, kasallikni yengganlar ham niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash va qo‘llarni tez-tez yuvish qoidalariga rioya qilishlari kerak. Qayta yuqtirish bilan bog‘liq rasmiylashtirilgan holatlar juda kam uchraydi — 53 millionga yaqin holatdan atigi bir nechta xolos.

Sizda ham kasallik qaytalangan bo‘lishi mumkin. Siz sanab o‘tgan klinik belgilar bilan shifokor virusolog yoki infeksionist nazoratida davolanishingiz lozim.