Koronovirusdan tuzalgan shaxslarga nimalar tavsiya etiladi?

Koronovirusni yuqtirgan bemorlarning ahvoli yaxshilanishi, salomatlik ko‘rsatkichlarining me’yorga yaqinlashishi bilan kasalxonadan chiqishga ruxsat etiladi.

Biroq bu bemorlar to‘liq tuzalgan, degani emas. Chunki virus yangi, uning mutatsiyasi va har odamda turli xil kechishi o‘tayotgani, shuningdek, kasalxonada koronavirusning o‘rtacha, og‘ir va o‘ta og‘ir shakllarini o‘tkazganlar, ayniqsa, keksalar organizmida kuzatiladigan o‘zgarishlarni tiklash maqsadida oilaviy shifokorga murojaat qilish talab etiladi.

Ba’zilar kasallikni yengil darajada o‘tkazib, uy sharoitida davolanmoqda. Ularning ahvoli yaxshilansa ham oilaviy shifokor nazoratida ma’lum muddat bo‘lishi talab etiladi. Oilaviy shifokor uni dispanser nazoratiga oladi.

Nazorat davomida bemorlar organizmi tiklanishida paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarga qarab, tor soha mutaxassislari (kardiolog, nevropatolog, pulmonolog, gastroenterolog va boshqalar) konsultatsiya o‘tkazib, bemor organizmiga kasallikdan tiklanishga yordam berishadi.

Kasalxonada davolangan va kasallikni og‘irroq kechirgan bemorlar maxsus reabilitatsiyaga muhtoj bo‘lib, ularda nafas tiklanishi, ya’ni saturatsiya (hujayralarning kislorod bilan ta’minlanish ko‘rsatkichini ko‘tarish uchun) shifokor nazoratida maxsus dori vositalarini iste’mol qilishni davom ettirishlari, zarurat tug‘ilsa, fizioterapevtik davolarni olishlari kerak bo‘ladi. 

Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish (qo‘llarni tez-tez, 20 soniya davomida sovunlab yuvish, tomoqni tez-tez chayish, ko‘p suyuqliklar ichish, sog‘lom ovqatlanish va yengil jismoniy faollikni olib borish) bilan hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan turli xil boshqa yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasini olib borishga yordam beradi.

Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lumot berdi.