Toshkent va barcha hududlarning markaziy ko‘chalarida «Konstitutsiya ko‘chasi» tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan hududlarning markaziy ko‘chalarida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etiladi.

Tadbir doirasida:

- fuqarolarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tegishli davlat tashkilotlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etiladi;

- taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert, ko‘ngilochar-madaniy va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi;

- sovrinli viktorinalar o‘tkaziladi;

- sayyor qabullar tashkil etiladi.

Toshkent shahridagi tadbir “Sayilgoh” ko‘chasida 2025 yilning 5 dekabr kuni soat 11:00 da boshlanadi.

Barcha yurtdoshlarimizni “Konstitutsiya ko‘chasi”da o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!