“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”
- 04.12.2025 14:48
- 4
- Ta’lim
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida shu nomdagi ko‘rgazma tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi xodimlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Samarqand viloyati akademik litseyi o‘qituvchilari Bosh qomusimiz ahamiyati, uning mazmun-mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
O‘quvchilar Konstitutsiya moddalari va bo‘limlardan iqtiboslar keltirib, huquqiy bilimlarini namoyish etdi.
Samarqanddagi tarixiy maskanlarning oldingi va hozirgi holati aks etgan suratlar va boshqa ekspozitsiyalar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”
- 42 daqiqa avval
- Ta’lim
Urgutda mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
- Bugun, 10:21
- Samarqand